Repertuaridagi bir qator musiqiy asarlari ichida eng omadlisi hisoblanadigan “Bu mening onam” qo‘shig‘i bilan hozirgacha onalarni quvontirib kelayotgan xonanda Malika Ravshanova navbatdagi taronasini yaratyapti. Uning yangi kompozisiyasi “Ko‘zlaring” deb nomlanadi. Xonanda mazkur qo‘shiqni muxlislarning fikriga ko‘ra duetga aylantirishga tayyor. Shu bois ularga yuzlandi va o‘zi ijro qilgani ma’qulmi yoki Yorqinxo‘ja Umarov bilan kuylaganimi buni bilish uchun savolni so‘rovnomaga qo‘ydi. Yaqin kunlarda taqdim qilinadigan ushbu ijod mahsuli Albatta talablaringizga ko‘ra yakkaxon ijro yoki duet tarzida havola qilinadi. Hozircha natijani kuting va kuzatib boring.