Yaponiyalik Kurare ismli olim udon lag‘monini fluoressent ranglariga bo‘yadi. Bu haqda The Metro nashri xabar berdi.
U internetga joylashtirgan suratlarda taom turli ranglarga bo‘yalganini ko‘rish mumkin. Kurarening ta’kidlashicha, lag‘monning ta’mi o‘zgarmaydi, lekin tanovvulga rang-baranglik bag‘ishlaydi.
Kurarening ta’kidlashicha, u, shuningdek, “neoyangi” krem, sous va sake yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Munchies nashriga bergan intervyuda havaskor olim bunday yangilik qilishida unga Splatoon o‘yini turtki bo‘lganini ta’kidladi.
“O‘yinda fluoressent ranglar juda ko‘p, menga bu juda yoqadi”, - dedi u.
Neoyangi taomlar shu hafta oxirida Osakada o‘tadigan Unbelievable Science Festival tadbirida taqdim etiladi.
Kurare – olimning taxallusi bo‘lib, u asl ismini oshkor qilmaydi, doimo oq xalat va niqobda yuradi.