Yaponiyalik qo‘shiqchi qizga muxlisi og‘ir jarohat yetkazdi
Mashhur yapon qo‘shiqchisi Mayyu Tomita muxlislaridan biri hujum qilishi natijasida og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi.
Voqea Tomitaning Tokiodagi kichik konsert zalida chiqishidan oldin sodir bo‘ldi. Erkak ayolga tashlanib uni taxminan 20 joyidan yaraladi.
Polisiya tajovuzkorni voqea joyida qo‘lga oldi. Bebosh muxlisning aytishicha, pop-yulduz uning sovg‘asini olishdan bosh tortgani uni g‘azablantirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi oldin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali unga tahdid qilgan odam ustidan shikoyat qilgan.
2014 yilda ham Mayyu Tomita tarkibida bo‘lgan AKV48 guruhiga arra bilan qurollangan “muxlis” hujum qilgan.