Bolalarni o‘qitish uchun yaratilgan robot odamlarga hujum qildi
Xitoyning Shenchjen shahrida robot odamga hujum qildi. Jabrlangan shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Bu xaqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Voqea “China Hi-Tech Fair” ko‘rgazmasida sodir bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, robot 4-12 yoshli bolalarga ta’lim berish maqsadida yaratilgan. Noma’lum sababga ko‘ra robotning faoliyat tizimida nuqsonlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, u oynali rastani sinishiga ham sabab bo‘lgan.
Robot bir nafar erkakka jarohat yetkazganidan so‘ng ko‘rgazmaga kelgan odamlarga hujum qila boshladi. Oyog‘idan jarohat olgan erkak tezda shifoxonaga olib ketilgan.
Robotning bo‘yi o‘rta yoshli odamning belidan keladi. Qurilmaga emotsiyalarni namoyish etuvchi grafik displey o‘rnatilgan.