2020 yilga kelib Dubayda robot-polisiyachilar faoliyat yuritadi
Dubay polisiyasi robotlarni takomillashtirish va sun’iy idrokdan foydalanishni ayrim sohalarda targ‘ib etish ustida ish olib bormoqda. “Robotlar ma’lum vaziyatlarda polisiyachilarning o‘rnini bosishi mumkin. Biz maxsus loyiha ishlab chiqmoqdamiz va u 2020 yilgacha tayyor bo‘ladi”, - dedi Dubay polisiyasi Idrok bo‘limi bosh direktori Xolid Razuqiy.
“Loyiha ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda odamlar bilan bog‘liq ba’zi majburiyatlarni bajarishi mo‘ljallangan robotlarning asosi yaratiladi, ikkinchisida takomillashgan sun’iy idrok kiritiladi. Hozir biz loyihani yakunlash arafasidamiz”, - bo‘lishdi direktor.
Razuqiyga ko‘ra, ayni paytda robotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kompaniyalar bilan shartnoma imzolanmoqda. Polisiyachi-robotlar 2020 yil maxsus ko‘rgazmada namoyish etiladi.