2014 yilning 1 dekabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan kompaniya o‘zining rasmiy sayti orqali 2015 yilda dam olish kunlarisiz ishlashini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 2015 yilda savdo ofislari faoliyatini rivojlantirish strategiyasiga asosan kompaniya rahbariyati respublika hududidagi barcha abonentlarga xizmat ko‘rsatish shahobchalarida yetti kunlik ish jadvalini tashkil qildi. Bu abonentlarning tez va sifatli ulanishlariga imkoniyat yaratadi.
Xizmat ko‘rsatish markazlarining ish vaqti ertalab soat 9:00dan 18:00gacha belgilangan bo‘lib, tanaffussiz ishlaydi.
Kompaniya xodimlari faqatgina O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan rasmiy bayram kunlaridagina dam olishlari mumkin.