Umidaxon: “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im san’atkor bo‘lsa...”
Xonanda Umidaxon “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasiga bergan intervyusida sportning dzyu-do turida erishgan muvaffaqiyatlari, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, tasavvuridagi romantik uchrashuv haqida so‘zlab berdi.
“Hozircha ijodimga doir rejalashtirilgan ishlarimni amalga oshirmoqchiman. Keyin shaxsiy hayot haqida o‘ylayman. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im san’atkor bo‘lsa albatta yaxshi. Boshqa kasb egasi bo‘lsa ham, asosiysi san’atimni tushunib, hurmat qiladigan, ijodimga qarshilik qilmaydigan inson bo‘lsin deyman. Farzandlarim ikkita bo‘lishini istayman: O‘g‘il va qiz. Yana bir eng katta orzuim bu, farzandlarimdan biri, kasbimni davom etirsa deyman”,—deydi Umidaxon kelajakdagi oruzlari haqida so‘zlar ekan.