Umidaxonni "Kel yarashaylik" qo‘shig‘i va unga ishlangan
klipni saytimizda premera qildik (manba) va bugungi kungacha mazkur qo‘shiq
va klip xaqida tobora ko‘p iliq fikrlar eshitayotgan bir paytimizda ...
Mana bu rolikni muxlislar jo‘natdi...:
Bizdan o‘g‘irlashdimi yo biznikilar ilxomlanganmikan?
Sigir xam, jodugar xam, avtobusda ketishdan to qalamlar bilan yozuv qilishgacha
birku... Ex...takuyu pesnyu isportili... Plagiatom!) Bu maqola Umidaxon va uning
qo‘shiq ijrosiga aloqador emas, zero mazkur ijod loyixasida menga aynan shulari
ko‘proq yoqqandi. Umidaxonga mos bo‘lmagan ish, chunki uni ijrosi va
ovozi a’lo darajada va unga plagiat aralashishi yarashmaydi deb xisoblayman.
Klip.... endi bilmasam... (Klip rejisseri Sarvar Karimov) Yo klipmeykerlarimiz xar
doimgidek "Xa, bizanikilaga bo‘vuradi, bilib o‘tirishiptimi, mingtasi internetga
kirsa, Respublika bo‘yicha millioni umuman bilmaydi" shiori ostidagi yana bir
"ijod" maxsulimikan? O‘rganib qolganmiz xalqimizni aksariyatini avom deb
biladigan "ijodkor"larga) Qachon tengma-teng tvlarda plagiat ko‘rsatuvi
ochilib , o‘sha Respublika miqyosidagi millionini xam ko‘zini ocharkin? Nima bo‘lsa
xam, xech bo‘lmasa bir marotaba g‘arbdagilar g‘oyani bizdan o‘g‘irlab chiqqan bo‘lishlari
va aynan bu Umidani klipidan o‘g‘irlangan bo‘lishini judayam xoxlardim..