Umidaxondan baravariga ikkita tarona premerasi tez kunda
O‘zining sho‘x taronalari, dilga hush yoquvchi nolalari bilan muxlislar orttirgan Umidaxon ayni kunda ikkita yangi qo‘shiq ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri iste’dodli ijodkor Eldor Qayumov so‘zi va musiqasi bilan yaratilgan bo‘lib, nomi hozircha sir tutilmoqda. Aranjirovkani esa Jasur Badalboyevga ishonib topshirish niyatida.
Yangi ijod namunasi tayyor holga kelishi bilan uni “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali ilk tinglovchisiga aylanishingiz mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi tarona milliy yo‘nalishda va u ko‘pchilikka tanish, ya’ni ustoz san’atkorlarimizdan birining repertuaridan joy olgan qo‘shiq.
Turli yoshdagi san’at shinavvandalariga manzur keluvchi bu qo‘shiq Umidaxon ijrosida yangicha talqinda yangraydi. Hozircha ikkala taronaning nomini sir tutayotgan Umidaxon tez kunda ketma-ket qo‘shiqlar premerasini taqdim etish niyatida ekan.