Turkiyaning Xakkari viloyatida polisiya mahkamasiga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda CNN Turk nashriga havola qilayotgan “Trend” xabar berdi.
Hujum natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bundan tashqari, Siirt viloyatida ham qurolli hujum amalga oshirilgan, natijada uch kishi halok bo‘ldi.
Xabarda yozilishicha, polisiya mahkamasiga qilingan hujum ortida Kurdiston ishchi partiyasi terroristik tashkiloti turibdi.
Turkiya va KIP o‘rtasida 25 yildan buyon qurolli to‘qnashuvlar davom etib kelmoqda. Kurdlar o‘zlarining mustaqil davlatlarini qurishni talab qilib kelmoqda. Mojarolar natijasida shu kungacha 40 ming kishi halok bo‘ldi. KIP BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan.