Tunisda qurolli hujum oqibatida 7 nafar sayyoh halok bo‘ldi
Reuters agentligining xabar berishicha, Tunisda parlamentga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 8 kishi qurbon bo‘lgan. Ulardan 7 nafari chet ellik turistlar bo‘lgani aniqlangan.
Ayni paytning o‘zida parlament yaqinida joylashgan muzey ham qurolli shaxslar tomonidan qo‘lga olingan. Ularning qo‘lida 3 nafar tutqin borligi aytilmoqda.