Turkiyada Navbatdagi sodir etiladigan Terakt sanasi ma’lum bo‘ldi
Turkiya xavfsizlik xizmati va polisiyasi mamlakat hududida sodir etilishi rejalashtirilayotgan teraktdan xabar topdi. Bu haqda “Vesti”xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik guruhi mamlakat hududida 20 mart kuni terakt sodir etishni rejalashtirmoqda.
Mazkur xabar kecha Anqarada yuz bergan teraktlardan so‘ng ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, kecha 13 mart kuni Anqara shahridagi avtobus bekatida minalangan avtomobil portlab ketishi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi.