Kecha, 24 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 23:25 da Turkiyaning Malatya viloyatida 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi o‘chog‘i 7 kilometr chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va jarohat olganlar kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Shu kundan beri ularning soni 6040 dan oshdi.