Argentinada 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.Zilzila epitsentri 20,2 ming kishi istiqomat qiluvchi Anyatuya shahridan 45 km shimoli-g‘arbda joylashgan bo‘lib, manba 592 km chuqurlikda ekani xabar qilingan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. 3-avgust kuni Fransiyada bir soat ichida beshta zilzila sodir bo‘lgani xabar berilgandi. U yerda ham tabiiy ofat oqibatida qurbonlar va jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilmagan.