Bugun, 16 aprel kuni Qozog‘istonning Xitoy bilan chegarasiga yaqin joyda 2 ta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmologik tajriba-metodik ekspeditsiyasiga tayanib, “Central Asia” xabar berdi.
Birinchi yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 7:40 da Olmaotadan 325 km sharqda qayd etilgan. Zilzila 4 magnitudali bo‘lib, uning o‘chog‘i 15 km chuqurlikda joylashgan. Sezuvchanlik haqidagi ma’lumotlar berilmagan.
Shuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 8:55 da yana bir yer qimirlashi Olmaotadan 43 km sharqda yuz berdi. Uning magnitudasi 3,8 ballni tashkil qildi. Boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.