Toshkentda iPhone 7 5,7 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
O‘zbekistonda Apple iPhone 7 smartfoni sotila boshladi. Sotuvchilar so‘zlariga ko‘ra, xaridorlar yangi smartfonni sotib olishga unchalik shoshmayapti: ko‘pchilik dastlabki baland narx pasayishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iPhone 7 7-sentabr kuni rasman taqdim etilgan va dunyo bo‘ylab 16-sentabr kuni sotuvga chiqqan edi.Smartfon to‘rt yadroli Apple A10 Fusion protsessori, 32 Gb (128 va 256 Gb versiyalari ham bor) ichki xotira, 12 megapikselli asosiy kamera, 4,7 dyuymli ekranga ega bo‘ldi.Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida iPhone 7’ning 32 Gb ichki xotirali versiyasi 5,7 million so‘m, 128 Gb versiyasi esa 6,5 million so‘mga taklif qilinmoqda. Qurilmaning 256 Gb xotirali versiyasi hozircha sotuvda yo‘q.