iPhone 7 stereodinamiklar va yassi kamera bilan jihozlanishi mumkin
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Apple’ning yangi iPhone 7 smartfoni avvalgi modeldan ingichkaroq bo‘ladi hamda sifatliroq tovush bilan ta’minlanadi, deb xabar bermoqda9to5mac nashri.
Nashrning ta’kidlashicha, yangi iPhone’ning qalinligi 6,1 mm ni tashkil qiladi va hozirgi iPhone 6/6s’dan 1 mm ga ingichkaroq bo‘ladi. Yangi smartfonda kamera korpusdan bo‘rtib chiqib turmaydi hamda antennalar uchun plastik vstavkalar qo‘llanmaydi. Kompaniya bunday qalinlikka erishish uchun quloqchinlar uchun raz’yomdan voz kechadi va Lightning quvvatlash portini ensizroq ishlaydi.
Bundan tashqari, iPhone suv o‘tkazmaydigan qilinmaydi va yangi qotishmadan ishlangan korpus olmaydi. Shuningdek, ikkita yonma-yon turadigan kamera haqida ham ma’lumot yo‘q.