Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Apple’ning yangi flagman smartfoniga tegishli ilk “jonli” surat paydo bo‘ldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Unga ishonadigan bo‘lsak, iPhone 7 plastik detalchalardan xoli bo‘ladi, ammo kattalashtirilgan kamera moduli va vspishkaga ega bo‘ladi.
Fotosuratda aks etgan qurilma dizayni, umuman olganda, iPhone 6s’ni eslatadi. Plastik detallar yo‘qligini ekspertlar Apple, ehtimol, radiosignallar muammosiz o‘tishi uchun boshqa material yoki texnologiya topgani bilan izohladi.
Smartfondagi boshqaruv elementlari joylashuvi o‘zgarishsiz qoldi. Qirralari aylana bo‘lgan korpus hajmi 138,3×67,12 millimetrga teng, bu iPhone 6s o‘lchamlari bilan bir xildir.
Avvalroq yangi flagman oddiy iPhone 7, kattalashtirilgan iPhone 7 Plus hamda qo‘sh kamera va Smart Connector magnitli bo‘linmaga ega iPhone 7 Pro kabi uchta modifikatsiyada chiqarilishi xabar berilgan edi.