Apple kompaniyasi yangi iPhone 6s smartfonini taqdim etganiga ikki oy ham to‘lmasi, OAVlar kompaniyaning yangi smartfoni fragmenti haqida bong urishni boshlashdi. Mutaxassislar iPhone 7 da “Home” tugmachasi bo‘lmasligi va qurilmaning ekrani yanada katta bo‘lishi aniqlashdi.
Apple muhandislari qurilmadagi yagona tugmachani olib tashlash evaziga, ekranni yanada kengaytirishga muvaffaq bo‘lishadi. Yangi iPhone 7 bukilgan shaklli displeyga ega bo‘ladi. bu degani displey qurilmaning barcha joylarini qoplab turadi.
Ikkinchi yangilik qrilmani to‘liqligicha sapfir shishasi bilan qoplanishidir.
Bu esa, o‘z navbatida, smartfonni har xil vaziyatlarda sinish va yorilish kabi nohush holatlarning oldini oladi. Ayni damda sapfir shishadan Apple Watch soatlarida foydalanilyapti.
Bundan tashqari yangi iPhone uzoq vaqt avtonom rejimda ishlay oladi. Mutaxassislarning fikricha, Apple kompaniyasi mana, bir necha yillardirki, qurilmalarining quvvatsiz uzoq vaqt ishlashi ustida bosh qotirmoqda. MacBook noutbukida bu narsaga ma’lum bir miqdorda erishildi. Qurilmaning avtonom rejimda ishlash quvvati ikki baravarga oshdi.