Yangi iPhone Apple’ning eng yupqa smartfoni bo‘ladi
Yangi iPhone 7 smartfoni “ajdodi”dan sezilarli yupqa bo‘ladi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bunda gap 6—6,5 millimetr atrofidagi qalinlik haqida bormoqda.
Agar mazkur taxminlar tasdiqlanadigan bo‘lsa, iPhone’ning yangi avlodi qalinlik jihatdan iPad Air 2 va iPod Touch’ning eng zamonaviy versiyalariga yetib oladi — mazkur qurilmalarning qalinligi 6 millimetrdan biroz ko‘proq.
Taqqoslash uchun, ayni vaqtda sotilayotgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarining qalinligi mos ravishda 6,9 va 7,1 millimetrga teng.
Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone smartfonlarining taqdimoti 2015-yil 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.