iPhone 7 Home tugmachasisiz va sapfir shishali bo‘ladi
Apple kompaniyasining doimiy tahlilchisi Jin Manser iPhone 7 haqda uchta prognoz keltirib o‘tdi, deb ma’lum qilmoqda Forbes.
Manserning aytishicha, yangi iPhone dagi eng birinchi va sezilarli o‘zgarish undan Home tugmachasi olib tashlanadi.
«iPhone 6s da yangi 3D Touch texnologiyasini joriy etish undan Home tugmachasini olib tashlash uchun tashlangan birinchi qadam bo‘ldi. Bu holat smartfon ekranidagi ko‘plab bo‘sh joy ochilishiga va qurilmani ishlashini yanada tezlashtirishda turtki bo‘ladi”, — dedi tahlilchi. Bundan tashqari, Manserning ta’kidlashicha, iPhone 7 butunlay sapfir shishalik bo‘ladi.
uning aytishicha, ushba shishadan Apple Watch da foydalanish, materialni sinab ko‘rish jarayoni hambo‘ldi, endi uni bemalol iPhone 7 da ishlatish mumkin.
Tahlilchi, shuningdek, Apple ning yangi qurilmasi katta hajmga ega akkamulyatorga ega bo‘ladi. U o‘z fikriga Apple ning so‘ngi vaqtlarda MacBook akkamulyatorining hajmini oshirganligini misol qilib keltirgan. Uning aytishicha, yangi iPhone ning akkamulyator sig‘imi xuddi shunday oshiriladi.