Apple biryo‘la ikkita iPhone chiqarishi mumkin "iPhone 7’"
Apple kompaniyasi bu yil biryo‘la ikkita yangi modeldagi smartfonlar — iPhone 6s va iPhone 7’ni chiqarishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru” qator OAVlarga tayanib.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 6s iPhone 6’ning bir qadar soddalashtirilgan versiyasi sifatida taqdim etiladi va Watch aqlli soati bilan bir qatorda yilning birinchi yarmida paydo bo‘ladi. Boshqa manba xabarida aytilishicha esa, iPhone 6s ham, iPhone 7 ham kompaniya uchun an’anaviy tarzda sentabrda taqdim etiladi.