Kecha, 7 sentabr kuni San-Fransisko shahrida Apple kompaniyasining taqdimot marosimibo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya iPhone7, iPhone 7 Plus, shuningdek, Apple Watch 2 – aqlli soatlarini taqdim etdi.
Yangi iPhone to‘rt xil rangda ishlab chiqariladi: qora, oq, tillarang va pushti tillarang.
Yangi iPhone 7ning asosiy xususiyatlari: 5,5 dyuymli Retina HD displeyi, 12 Mp asosiy kamera va 7 Mp old kamera, suv va changddan himoya, “Home” tugmasining yangilanishi, stereodinamikalar, simsiz quloqchinlar, 3,5 mm teshik yo‘qligi, uzoq muddatga etuvchi quvvat va iOS 10.
iPhone 7ning narxi 649 AQSh dollaridan boshlanadi. Yangi smartfon uchun buyurtmalar 9 sentyabrdan qabul qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa Apple’ning yangi smartfoni videolari tarqaldi.