Toshkent viloyatida fuqaro qarindoshini pichoqladi
15 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida noxush voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, shu tumanda yashovchi A.Nosirov (ismi o‘zgartirilgan) o‘zi yashaydigan uy oldida qarindoshi E.Tohirov (ismi o‘zgartirilgan) bilan janjallashib, uni pichoq bilan jarohatlagan.
Oqibatda E.Tohirov tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. A.Nosirov ushlangan.