Joriy yilning 22 oktabr kuni Zangiota tumanida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi.
1983 yilda tug‘ilgan Rafael Golubev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan)uyida tanishi, 1981 yilda tug‘ilgan Nikolay Petrov bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashib qolgan. Kelib chiqqan janjal vaqtida Golubev Petrovning qorin sohasiga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan Rafael Golubevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismiga asosan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.