16 oktabr kuni “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Angren shahrida yashovchi fuqaro Sh. D. ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar qilingan.
Voqea yuzasidan olingan ma’lumotdan so‘ng qutqaruvchilar tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borganlar. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro Sh. D. chuqurdan chiqarib olingan hamda unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchi o‘z uyida bo‘lib, uning sog‘ligi qoniqarli deb baholangani aytilgan.