Farg‘onada sigaret chekib uxlab qolgan fuqaro halok bo‘ldi
Farg‘ona Marg‘ilon shahrida kichik loqaydlik inson o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 17 noyabr kuni Marg‘ilon shahrida yashagan Sh.Sh. mast holda uyida sigaret chekadi va shu holatida uxlab qoladi. Natijada sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in chiqadi. Sh.Sh. chap biqin va chap oyoq son qismi kuyishi jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.