15 oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida pichoqlash bilan bog‘liq hodisa yuz bergani haqida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kuni taxminan soat 00.30 larda Bo‘ka tumanida yashovchi fuqaro, 1956 yilda tug‘ilgan, Xolmurod Noraliev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida o‘z farzandi, 1980 yilda tug‘ilgan Durdona Malikova bilan janjallashgani oqibatida uning tanasiga uch marta osh pichog‘ini sanchgan. Pichoq urilishi oqibatida qiziga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan hamda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Xolmurod Noralievga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergovni ishlari olib borilayotgani xabar berildi.