Toshkent viloyatida fohishalar guruhi qo‘lga olindi
Toshkent viloyati Angren shahrida “Tozalash-Antiterror” kompleks profilaktik va tezkor tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbir jarayonida Angren shahar Do‘stlik mahallasida Radik ismli shaxsga tegishli sauna joylashgan bo‘lib, bu yerda mijozlar 5 nafar fohisha ayollar bilan ayshu-ishrat qilayotganliklari aniqlandi.
Shuningdek, Chirchiq shahrida tezkor profilaktik reydda shaharda joylashgan “Setora” hamda “Kimyogar” mehmonxonalarida axloqsizlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar borligi aniqlangan.
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu mehmonxonalardan jami 30 nafardan ortiq fuqaro shaxsini aniqlash maqsadida, Chirchiq shahar ichki ishlar bo‘limiga olib borilib tekshirildi va ulardan 16 nafari ayollar ekanligi, ushbu fuqarolar mehmonxonaga jinsiy aloqa qilish uchun kelganliklari aniqlangan.