Toshkent viloyatidagi xonadondan pul va telefonlar o‘g‘irlab ketildi
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi ayolning uyiga uch nafar shaxs bostirib kirdi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Bosqinchilar ayolning keksa onasiga jarohat yetkazib, 175 ming so‘m pul hamda bir nechta uyali telefonlarni olib ketdi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu bosqinchilikni Olmaliqdan bo‘lgan, muqaddam sudlangan shaxslar sodir etganligi aniqlanib, ular qo‘lga olindi.