Qo‘qonlik fuqaroning 2 million so‘m pul solingan paketini olib qochishdi
Qo‘qondan bo‘lgan fuqaroning yo‘lini kutilmaganda noma’lum kimsa to‘sib chiqdi, deb xabar beradi “Postda” nashri.
Yo‘lto‘sar fuqaroning qo‘lidagi 2 million so‘mdan ortiq pul solingan paketni tortib olib qochib ketdi.
Holatni atroflicha o‘rgangan, surishtiruv ishlarini olib borgan ichki ishlar idoralari xodimlari ko‘p o‘tmay talonchini qo‘lga tushirdi. U Farg‘ona viloyati fuqarosi bo‘lib chiqdi.