O‘zbekistonda talonchilar haydovchining Puli va Telefonini tortib olishdi
Tunda uch kimsa qashqadaryolik Q. Akromning Nexia avtomashinasiga o‘tiradi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasi.
Avtomashina ovloq joyga borganda ular haydovchini qo‘rqitib, 114 ming so‘m puli va Nokia rusumli uyali telefonini tortib oladi.
Talonchilar voqea joyidan yashiringach, fuqaro Q. Akrom tezda IIBga xabar bergan.
“Ichki ishlar idoralari xodimlari ko‘p o‘tmay ushbu jinoyatni sodir etgan andijonlik A. Kamol, A. Alijon va Q. Toshtemirni qo‘lga oldilar”, – deyiladi vazirlik gazetasi xabarida.
Xabarda voqea aynan qaerda va qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Shunday yangiliklar haqida eshitib hayratda qolaman, bizni o'zbeklarga nima yetmayapti-a? bu yoshlar og'uga tobe bolalarmi endi?
EXXX O'zing asra hudoyim!