Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol 22 yoshli yigitni pichoqlab o'ldirdi…
Qotillik jinoyati shu yil 4 fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida sodir etilgan. Kechasi taxminan soat 22: 00 da 28 yoshli M. Sh. ismli ayol ishdan qaytayotganda, 22 yoshli A. T. degan yigit bilan oralarida janjal yuzaga kelgan. Shu tobda ayol yonidagi taxlanadigan pichoqni olgan-u, yigitga tig' zarbalarini yo'llagan. Shundan keyin ayol qochib ketgan. Yigitni kasalxonaga yotqizishdi. Afsuski, vrachlarning sa'y-harakatlariga qaramay, A. T. olamdan o'tdi.
Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Dastlabki tergov harakatlari boshlangan.