Fojia Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani «Yangikent» qishlog'ida sodir bo'ldi. 50 yoshli ayol o'gay o'g'lining xotini, ya'ni, xuddi shunday o'gay kelini hamda uning ikki yoshga yetib-etmagan go'dagini yarim kechasi soat taxminan 02-03 larda kelin yashaydigan uy ichkarisida pichoqlab o'ldirgan. Ayrim manbalarda aytiladiki, kelinning tanasida tig' tegmagan joyning o'zi qolmabdi.
Kelin va nevarani o'ldirgan-u, qaynona jasadlarni qalin ko'rpaga o'rab tashqariga chiqib ketgan. Qotil qaynonaning qarindoshlari aytishdiki, ayol va o'gay kelin o'rtasida tez-tez janjallar yuzaga kelib turarkan.
— Bu oilada bir necha o'g'il farzandlar bor, — deydi qarindoshlardan biri. — O'ldirilgan kelin R. E. ning eri Rossiyaga pul ishlab topish uchun ketgan. Qaynona kelinga ham, o'g'ilga ham o'gay hisoblanadi. Bu ayol kelin sho'rlikni tinch yashashga qo'ymasdi. Kutkilagani-kutkilagan edi…
Qarindosh yana shuni alohida ta'kidladiki, qaynona kelini va nevarasini o'ldirgach, mahalla oqsoqoliga chiqib, ularni kimdir o'ldirib ketganini aytib yig'lagan.
— U sira tap tortmay, mahalla oqsoqoliga ona-bola o'ldirib ketilganini aytibdi, — deydi qarindoshi. — Nimaymish, tushgacha ular uydan chiqmaganmish-da, qaynona kirib qarasa, o'ldirib ketilganmish. O'sha kechadayoq militsiya va prokuratura xodimlari yetib keldi…
Ayol tergov jarayonida sodir etgan jinoyatini bo'yniga oldi. Hozirgi paytda u G'uzor tuman ichki ishlar bo'limi izolyatoriga joylashtirilgan.
Astag'firillo!!!
ca-news.org