Telegram asoschisi alkogol, tabletkalar va televizordan voz kechishga chaqirdi
“VKontakte” va Telegram asoschisi Pavel Durov 33 yoshga to‘lgan kuni yaratish bilan shug‘ullanadigan barchani o‘z-o‘zini zaharlashdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Durov “VKontakte”dagi sahifasida o‘zi ko‘p yillar avval voz kechgan va ko‘nikish hosil qilib, mushohadaga ta’sir etuvchi 7 narsani sanab o‘tdi.
Mazkur ro‘yxatga alkogol; hayvon go‘shti; “tabletkalar va farmatsevtikaning istalgan mahsulotlari”; nikotin va boshqa narkotik moddalar; qahva, qora va ko‘k choy, energetiklar; fastfud mahsulotlari, shakar va gazli ichimliklar; televideniye va uning analoglari kiritildi.
Durov keyinchalik bu mahsulotlardan nima uchun voz kechganiga batafsil izoh berishni va’da qildi.