Moskva shahar dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov o‘zining Tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayon qilishicha, shahar ma’muriyati alkogolli energetiklar savdosini man qilgan.
Endilikda shahar hududida tarkibida 9 foizgacha etil spirti, kofein va boshqa tetiklashtiruvchi moddalar bo‘lgan ichimliklar sotish taqiqlanadi. Tegishli qonun hujjati shahar dumasi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda #StopYaga nomini olgan ushbu qonun 1 apreldan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning noyabrida Sankt-Peterburg ma’muriyati shahar hududida alkogolli energetiklar savdosini taqiqlagan edi.