Moskvada Sevara Nazarxonning konserti bo‘lib o‘tadi
Shu yilning 7 noyabrida Moskva Xalqaro musiqa uyining Svetlanov zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Sevara Nazarxon maqom uslubidagi sharq musiqasi, shanson va sifatli ommaviy qo‘shiqni birdek kuylay oladigan, chuqur va yoqimli ovozga ega bo‘lgan oz miqdordagi qo‘shiqchilardan biri hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab milliy musiqa shaydolari Sevarani anchadan beri bilishadi va sevishadi: oxirgi 15 yil ichida Toshkent konservatoriyasining opera kuylash sinfi bitiruvchisi hisoblanadigan Sevara angiyalik mashhur qo‘shiqchi Piter Gebriel bilan ishlashga, Markaziy Yevropa va Osiyo bo‘ylab bir necha yillar davomida gastrol safarlari uyushtirishga va nufuzli BBC World Music Award mukofotining Osiyoning eng yaxshi qo‘shiqchisi («Best Asian Artist») unvonini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Sevara ham o‘zining noyob ovozi va naqadar yuqori artistik qobiliyatlari evaziga ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi, uni Rossiyadagi ko‘pgina mashhur teleloyihalar – «Golos», «Vishka», «Toch-v-toch», «Tansi so zvezdami» teleko‘rsatuvlari ishtirokchilari orasida ko‘rish mumkin.
Ushbu konsertda Sevara Nazarxon rus tilidagi “Tak legko” va “Pisma” albomlaridan ko‘pchilik muxlislarga sevimli bo‘lib qolgan qo‘shiqlaridan, mashhur xitlardan namunalar, shuningdek, o‘zbek musiqa asboblari jo‘rligida dunyo musiqasi durdonalaridan namunalar kuylaydi.