O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara
Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi "Xuddi o‘zginasi” ("Точь в
точь”) loyihasining ikkinchi bosqichida ishtirok etdi. Bu haqda UzDaily xabar
berdi.
Ikkinchi chiqishda Sevara Nazarxon sahnada xonanda Natasha
Korolyova qiyofasida namoyon bo‘ldi va "Sariq lolalar” ("Желтые тюльпаны”)
qo‘shig‘ini ijro etdi.
Yakuniy hisobda Sevara 21 ochko to‘plab, Natali va Nikita
Presnyakov bilan to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib
o‘tamiz, Sevara Nazarxon 2-mart kuni mazkur shouning birinchi raundida
ishtirok etib, 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallagan edi.