Sevara Nazarxon “Toch v toch” shousida o‘zining qiyofasidan qoniqmadi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon
Rossiya Birinchi kanalidagi "Toch v toch” ("Xuddi o‘zginasi”) shousining
beshinchi turida qozog‘istonlik xonanda Roza Rimbayeva qiyofasida sahnaga
chiqdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Sevara Roza Rimbayevaning "Lyubov nastala” qo‘shig‘ini
ijro etdi. Hakamlar hay’ati uning chiqishini 23 ball bilan baholadi.
Besh raunddan so‘ng Sevara Nazarxon jami 116 ball to‘pladi.
Shuningdek, Sevara o‘zining Facebook’dagi sahifasida bu
safar grim kutilganidek o‘xshamaganini aytgan. Biroq qo‘shiq unga yoqishini va uni
qozog‘istonlik do‘stlariga bag‘ishlaganini e’tirof etgan.
Eslatib
o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23
ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan
to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi
o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda esa Sevara Dmitriy Koldun
va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball yig‘gan edi.