Sevara Nazarxon 17-may kuni Chimyonda konsert beradi
17-may kuni Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘ yonbag‘rida
joylashgan "Layner” dam olish maskanida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Sevara Nazarxon konsert beradi. Bu yangilikni xonanda o‘zining
Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan.
Konsert tashkilotchilarining xabar berishicha, shou va
tushlikni o‘z ichiga olgan bir kishilik chipta narxi 500 000 so‘mni, shou va
"Layner” dam olish maskanining "Standart” xonasida bir kun turish imkonini
beruvchi chipta narxi 700 000 so‘mni, shuningdek, "Lyuks” xonadan joyni o‘z
ichiga oluvchi chipta bahosi esa 900 000 so‘mni tashkil qiladi.
Tomoshabinlarni
dam olish maskanida kutib olish 17-may soat 16:00 ga rejalashtirilgan.
Konsert
maskandagi yozgi amfiteatrda soat 18:00 da boshlanadi. Tadbirda maskanda dam
olish imkonini beruvchi yutuqlar qo‘yilgan tanlovlar tashkil qilinadi.
Shouni DJ Shoh va DJ Slon ochib beradi.