Sevara Nazarxon Rossiyaning “Shanson” radiosida mehmon bo‘ladi
25-mart kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara
Nazarxon "Shanson” radiosining "Jivaya struna” ("Живая струна”
— "Jonli tor”) dasturida mehmon bo‘ladi. Bu haqda "Shanson” nashri xabar
berdi.
Yoqimli va kuchli ovozi bilan ham sharq qo‘shiqlarini, ham
Lara Fabian shansonini, ham Uitni Hyuston soul-xitini bir xilda yaxshi ijro
etadigan nozik o‘zbek go‘zali yaqin vaqtgacha faqatgina tor doiradagi
muxlislarga tanish edi. Biroq "Golos”
teleshousidagi ishtiroki unga katta mashhurlik olib keldi, — deyiladi
xabarda.
Xabarda
ta’kidlanishicha, "Jivaya struna” dasturida Sevara nafaqat o‘zining xit
qo‘shiqlarini ijro etadi, balki yangi ashulalarini ham radio tinglovchilariga
taqdim etadi. Ushbu dasturni muxlislar "Shanson” to‘lqinlarida
tinglashi yoki radio saytida jonli videotranslyatsiyani tomosha
qilishi mumkin.
Eslatib
o‘tamiz, Sevara Nazarxon ushbu radio tomonidan tashkillashtiriladigan "Yil
shansoni” mukofotiga nomzod bo‘ldi. U 2014-yil 5-aprel kuni Kreml Saroyida
o‘tkaziladigan "Yil shansoni” mukofotining taqdirlash marosimida ishtirok etadi.