Sevara Nazarxon ingliz tilidagi ilk albomini tayyorladi
Sevara
Nazarxon "Pisma” ("Xatlar”) deb nomlangan albomining ingliz tilidagi
versiyasini tayyorladi.
Sevaraning
nashrga xabar berishicha, disk tayyor bo‘lgan, ammo uni sotuvga chiqarish uchun
xonanda ikkita klip suratga olmoqchi. Sevaraning karyerasida ingliz tilidagi
ilk albomidan 12 ta qo‘shiq joy olgan. Mazkur albomning rus tilidagi
talqiniga esa 13 ta qo‘shiq kiritilgan edi. San’atkorning izohlashicha,
"Kechir” ashulasi faqat rus tilidagi albomi uchun yozilgan.
Bundan
tashqari, Sevara 2014-yil 24-oktabrda bo‘ladigan konsertida, asosan, "Xatlar”
albomidagi qo‘shiqlarini kuylashini ta’kidladi. "Qo‘shiqlarning aniq ro‘yxati
ma’lum emas, bu mening kuzdagi kayfiyatimga bog‘liq bo‘ladi”, — deb qo‘shimcha
qildi xonanda.