Moskvada Wi-Fi bilan jihozlangan ilk avtobus bekati paydo bo‘ldi
Moskvada Sadovaya halqa yo‘lida shahardagi ilk Wi-Fi bilan jihozlangan avtobus bekati paydo bo‘ldi. Bu haqda “M24” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir sessiyaning davomiyligi 15 daqiqani tashkil qiladi. Ushbu vaqt o‘tgandan keyin internet bilan 2 soat davomida foydalanish mumkin bo‘lmaydi.
“Transport departamenti taklifi bilan yerusti transporti bekatining yangi formatini sinovdan o‘tkazish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdik”, deb aytmoqda Wi-Fi xizmatini taqdim qilgan “MaksimaTelekom” kompaniyasining vakili.