Telefon o‘ynab yotgan erkak uxlab qolib vafot etdi
Tailandning Chonburi shahrida erkak quvvatlanayotgan mobil telefonida o‘yin o‘ynayotgan vaqtida uxlab qoldi va vafot etdi, deb yozadi Daily Mail.
25 yoshli Sastra Moin bir nechta mobil gadjetlarda ko‘p foydalanuvchili o‘yin o‘ynab yotgan. Telefonlardan biri quvvatlovchi uskunaga ulangan bo‘lgan.
Ertasi kuni ertalab erkakning 57 yoshli xolasi uning jonsiz tanasini topib oladi. Uning qayd etishicha, Moim binafsha rangda bo‘lib, uning chap qo‘li yonida yonib ketgan simli telefon bo‘lgan. Ayol zudlik bilan uyni elektrdan uzib polisiyani chaqirgan.
Uning polisiyachilarga aytishicha, tailandlik doimo mobil telefonda o‘yin o‘ynayotgan chog‘ida uxlab qollgan.
Polisiya uning jasadini ko‘zdan kechirib, unda zo‘rlik alomati yo‘qligini aniqlagan, o‘limning sabab elektr toki urishi natijasida sodir bo‘lgan.