Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida o‘zaro janjal oqibatida pochcha qaynsinglisini pichoqlab o‘ldirdi. "12 aprel kuni soat 13.30larda, Jarqo‘rg‘on tumani Kunchiqish mahallasida ro‘yhatda turib, vaqtincha Do‘stlik mahallasi Hamza ko‘chasi 25-uy 3-xonada yashovchi, 1957 y.t. N.Bobomurodov uyida o‘zaro janjal oqibatida qaynsinglisi, 1987 y.t. Sh.Qosimovaning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", - deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan xabarda. Natijada Sh.Qosimova kasalxonaga olib borilgan vaqtida vafot etgan. N.Bobomurodov qo‘lga olingan.