Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Surxondaryoda lo‘li firibgarlar ushlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudi asli lo‘lilar qavmiga mansub bo‘lgan sudlanuvchilar — S.To‘lqinova va M.Soliyevga(ism-shariflar o‘zgartirilgan) nisbatan tegishli jazo tayinladi.

O‘zaro jinoiy til biriktirgan hamtovoqlar qing‘ir rejasini quyidagicha amalga oshirishgan.

S.To‘lqinova M.Soliyev bilan birga 2018 yil 6 avgust kuni soat 08:30 lar chamasi Qiziriq tumani «Oqjar» mahallasidagi «Istara» nomli dehqon bozorida ko‘rishishdi. O‘tgan-qaytgan yo‘lovchilar orasidan sherobodlik Ch.Usmonov ularning ko‘ziga “issiq” ko‘rindi shekilli, uni tunashni rejalashtirishdi. Ikkovlon hech narsadan xabari yo‘q, bamaylixotir ketayotgan jabrlanuvchining ortidan tushdilar.

Birozdan so‘ng S.To‘lqinova sadaqa so‘rab, Ch.Usmonovning yo‘lini to‘sdi va allambalo gaplari bilan uni chalg‘ita boshladi. M.Soliyev esa paytdan foydalanib, jabrlanuvchining orqa tomoniga o‘tdi va uning o‘ziga sezdirmagan holda qo‘lidagi sumkasining tashqi tomonini o‘tkir tig‘ bilan kesishga ulgurdi...

Firibgarlar sumka ichidagi 2 million so‘m pullarni shu tariqa qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashirinishga uringanlarida Qiziriq tumani IIBning tezkor xodimlari tomonidan ushlandi, deb yozmoqda O‘zA.

Sud asli lo‘lilar qavmidan bo‘lgan jinoiy sheriklarga tegishli jazo tayinladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5477 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Surxondaryo, Firibgar, ushlandi, lo‘li
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное