Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada farzandini davolash uchun ehson so‘ragan kiber firibgar ushlandi
Farg‘ona viloyatida ijtimoiy tarmoq orqali farzandini kasalligini bahona qilib, 6 660 000 so‘m pullarni aldab qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Viloyat IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shtepa tumanida yashuvchi Fuqaro N.Q. IIBga murojaat qilib, undan 2022 yilning 29 oktyabr kuni noma’lum shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat qilib, farzandini davolatish uchun ehson qilishini so‘ragan. Keyinchalik firibgar jabrlanuvchining plastik kartasi maxfiy kodini qo‘lga kiritib, uning hisobidan 6 660 000 so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Ma’lumot uchun, yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1061 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Firibgar, Farg‘ona, so‘ragan, kiber, ehson, ushlandi, farzandini, Uchun, davolash
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное