Samarqandlik firibgar tanishlaridan qariyb 75 ming dollar olib, g‘oyib bo‘ldi
Samarqandlik firibgar tanishlaridan 73 ming dollar olib, g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Aziz Narziqulov “biznes qilaman” deb tanishlari Irodadan 20 ming, Feruzdan 26 ming dollar olgan.
Bundan tashqari, Nurali Noralievning Nexia rusumli mashinasiga 18 ming dollar berishni va’da qilib, faqat 6 ming dollar to‘laganicha ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
Nihoyat, boshqa tanishi Mansur Vafoyevdan 15 ming dollar olgan.
Jabrlanuvchilarning umumiy murojaati bo‘yicha firibgar qo‘lga olinib, javobgarlikka torntildi. Sud uni 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi.