Shaxzoda Muxammedova Turkiyadagi moda haftaligida ishtirok etadi
Moskvada bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmadagi ishtirokida barchani o‘zi yaratgan milliy liboslari bilan xayratlantirgan Shaxzoda Muxammedova, yana bir moda haftaligida ishtirok etishini ma’lum qildi. Navbatdagi manzil Turkiyaning Istanbul shaxridir. Ayni damda u mazkur moda haftaligiga katta tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘ylaymizki, uning yaratgan liboslari Turkiya ahlini ham lol qoldira oladi. Shu bilan birga serqirra ijodkor Shaxzoda Muxammedova muxlislariga yangi va yorqin kuzgi fotojamlanmasini ham taqdim qildi.