Sevara Nazarxon “Yulduzlar bilan raqs” shousida ishtirok etadi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “Rossiya 1″ kanali tomonidan tashkillashtiriladigan “Yulduzlar bilan raqs” nomli shouda qatnashadi deb, yozadi kun.uz nashri.
Xonandaning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, uning shou vaqtidagi hamkori Aleksandr Nabiullin bo‘ladi. Bu raqqos Portugaliyada 5 marta chempion bo‘lgan, 3 marta Portugaliya kubogini qo‘lga kiritgan, Yevropa kubogi uchun musobaqalarda esa bir marta yarim final ishtirokchisi bo‘lgan. Shuningdek, u WDSF turnirining “sportcha raqs” yo‘nalishida ham yarim finalga chiqqan.
Ma’lumot uchun, Sevara Nazarxon bundan oldin Rossiyada “Birinchi kanal” tomonidan tashkil etilgan “Golos”, “Vishka” va “Toch v toch” nomli tanlovlarda ham ishtirok etgan.